OAV: Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasiga qaytmoqda

Sherzod Nurmatov
7 mar 2021, 01:43
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich xalqaro faoliyatini davom ettirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda "FotbollDirekt".

Manbaning xabariga ko'ra, 39 yoshli futbolchi mart oyidayoq Shvetsiya terma jamoasiga qaytishi mumkin. U oy oxirida JCH-2022ning saralash bashlarida qatnashishi kutilmoqda.

Ibragimovich 2001 yildan 2016 yilgacha terma jamoada o'ynagan. U umumiy 116 o'yin o'tkazib, 62 ta gol urgan.

Shvedlar mart oyida Gruziya (25 mart), Kosovo (28 mart) va Estoniya (31 mart) bilan to'qnash keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: FotbollDirekt