

E'tiborlisi ushbu o'yindagi vaziyatlarni "Bunyodkor" rasmiy kanali ham, "Buxoro" rasmiy kanali ham onlayn qilib bordi va "Buxoro" darvozasiga urilgan ikkinchi gol muallifi sifatida ikkala manba ham Mirjahon Mirahmadovni qayd etdi.
Dramatik tarzda o'tgan o'yin yakunidagi ikki gol va hayajon vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatish imkonini bermadi va yakunda gol muallifini e'lon qilishda shoshib qolindi.
Tabiiyki, shundan kelib chiqib ko'plab OAV xam aynan ikki manbadan xulosa qilgan xolda gol muallifi sifatida Mirahmadovni e'lon qilishdi. Biroq o'yin videosidan ko'rinadiki ikkinchi golga uzatmani Mirjahon Mirahmadov bergan va golni Sardor Sobirxo'jaev urgan.
"Bunyodkor" matbuot xizmati muxlislardan, OAVdagi hamkasblardan uzr so'raydi va ushbu ma'lumotni o'z nashrlarida to'g'rilab qo'yishlarini so'raydi.



