OAV: "Borussiya D" endi hujumchi sotib olish arafasida

Tolibjon Qosimov
21 iyun 2019
"Borussiya" Dordmund klubi Myunxengladbaxning "Borussiya"si hujumchisi Alassan Pleaga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda "Yahoo Sport FR" xabar berdi.

26 yoshli francuz o'tgan mavsum myunxengladbaxliklar uchun 35ta o'yin o'tkazdi va 15ta gol urib, to'rtta golli pas berdi. "Transfermarkt.de" hujumchini 30 million evroga baholamoqda.


Eslatib o'tamiz, yaqindagina "Borussiya M"ning belgiyalik vingeri Torgan Azar dordmundliklar safini to'ldirgan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Yahoo Sport FR