"Nyukasl"ning yangi egalari jamoaga 60 millionlik darvozabon olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
10 may 2020
"Benfika" posboni Odisseas Vlaxodimos faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Gretsiya termasi posbonining xizmatlariga "Nyukasl" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Qayd etish kerak, posbonning tovon puli 60 mln evroni tashkil qiladi.

Uning Lissabon klubi bilan shartnomasi 2024 yilga qadar davom etadi. Ushbu mavsumda u 24 o'yinning 14tasida gol o'tkazib yubormadi.

Oldinroq uning xizmatlariga "Arsenal" va "Chelsi" tomonidan qiziqishlar bo'lgani aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal