"Nyukasl" yaqin vaqtlar ichida Bryusni iste'foga chiqarishi mumkin

Mirjalol Normatov
10 okt 2021, 15:51
"Nyukasl" bosh murabbiyi Stiv Bryus bir necha kundan keyin iste'foga chiqarilishi mumkin.

"Mirror" xabariga ko'ra, Bryus APL doirasida 17 oktyabr kuni "Tottenxem"ga qarshi o'yingacha ishdan bo'shatilishi kutilmoqda.

Bryusning o'rnini "Brayton"da ishlayotgan Grem Potter egallashi kutilmoqda. Bunga qadar "Nyukasl" Antonio Konte bilan muzokaralar olib bordi va kelisha olmadi.

Ayni damda "Nyukasl" APLning 19-o'rnini band etib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal