"Nyukasl" tarkibini "Bolonya" himoyachisi bilan kuchaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
31 mar 2022
"Bolonya" chap qanot himoyachisi Aaron Xiki "Nyukasl Yunayted"ning e'tiborini tortdi, deya xabar berdi jurnalist Fabricio Romano.

Insayderning ma'lumotlariga ko'ra, "hakkalar" yozda shotlandiyalik fulbek uchun uchun 18 milliondan 24 million evrogacha to'lashga tayyor.

Xiki joriy mavsumda "Bolonya" safida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano