"Nyukasl" hujumchisi Ibragimovichning APLdagi natijasini takrorladi

Omonjon To`xtamirzayev
9 okt 2023
"Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak chempionatning 8-turi doirasida "Vest Xem" darvozasiga (2:2) 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Shu tariqa, forvard Angliya chempionatining qatorasiga 3 ta o'yinida gol urishga erishgan uchinchi shvetsiyalikka aylandi.

Avvalroq, bunday natijaga uning hamyurtlari Fredrik Yungberg ("Arsenal") va Zlatan Ibragimovich ("Manchester Yunayted") erishgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia