"Nyukasl" futbolchisini "Bavariya"ga qo'yib yuborishni istamayapti

Mirjalol Normatov
19 yanv 2024
"Nyukasl" himoyachisi Kiran Tripperni "Bavariya"ga qo'yib yuborishni istamayapti.

Oldinroq "Nyukasl"dagi moliyaviy muammolar sababli "Bavariya" himoyachini yanvar oyida tarkibiga qo'shib olishga tayyor turgani borasida ma'lumotlar tarqalgandi.

Biroq "Daily Mail" ma'lumotiga ko'ra, "Nyukasl" Tripperni sotib yuborishni istamayapti. U jamoaning muhim futbolchisi deb hisoblanmoqda.

Ushbu mavsumda Tripper APLning 19 o'yinida 7 assist amalga oshirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail