"Nyukasl" Fransiya chempionati goleadoriga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
11 okt 2024, 13:42
"Nyukasl Yunayted" "Lill" hujumchisi Jonatan Devidni kuzatishda davom etmoqda.

Bu haqda "Football Insider" xabar berdi.

Qayd etilishicha, transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin. 

"Nyukasl" hozirda 12 ochko bilan APL turnir jadvalida 7-o'rinda ketyapti. "Hakkalar" navbatdagi o'yinini 19 oktyabr kuni "Brayton"ga qarshi o'tkazadi.

Kanada terma jamoasi yetakchisi 2020 yildan buyon "Lill"da to'p tepadi. Bungacha u Belgiyaning "Gent" jamoasida harakat qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider