"Nyukasl" emblemasini yangilamoqchi

Sherzod Nurmatov
10 may 2025
Bu haqda klub saytida ma'lum qilindi.

"Nyukasl" zamonaviy raqamli asrga va klubning global o'sishiga moslashish uchun emblemasini yangilashni rejalashtirmoqda.

Klub rasmiy bayonotida takidlanishicha, hozirgi gerb ramziy manoga ega va unutilmas g'alabalar va og'ir vaqtlar ramzidir. Biroq uning murakkab dizayni zamonaviy raqamli dunyoda doim ham aniq aks etmaydi va uni izchil tarzda qayta yaratish qiyin bo'lishi mumkin.

Klub mavsumiy abonement egalari va klub a'zolarini mustaqil so'rovda qatnashishga taklif qiladi, bunda ular gerbda nimalarni saqlanib qolish va nimalarni yangilash kerakligi bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirishlari mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: newcastleunited.com