"Nyukasl" Beyl va Remzi bilan shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqmoqda

Alisher
11 okt 2021
Madridning "Real" vingeri Garet Beyl va "Yuventus" yarim himoyachisi Aaron Remzi "Nyukasl" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Klub ikki o'yinchi bilan yanvarda shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqmoqda.

"Yuventus" Remziga ishonch bildirmayapti va uni sotishga tayyor.

Beyl yanvarda boshqa klublar bilan muzokaralar olib borishi mumkin, sababi uning "Real" bilan shartnomasi mavsum so'nggida yakuniga etadi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato