"Nyukasl" "Atletiko" himoyachisi Kiran Tripper bilan shartnoma imzolashni yakunlamoqda. Barcha shartlar ma'lum

Alisher
15 dek 2021
"Atletiko"ning 31 yoshli himoyachisi Kiran Tripper bilan shartnoma imzolash "Nyukasl"ga 40 mln evroga tushadi.

Tripperning haftalik maoshi esa 20 ming dollarni tashkil etadi.

Bitim yakunlanayotganligi tasdiqlandi.

Kiran 2021/22 yilgi mavsum "Atletiko" libosida barcha musobaqalarda 15ta o'yinda maydonga tushdi. U 2019 yildan beri Madrid grandi sharafini himoya qilayotgandi.


AlisherMuallif
Manba: Northern Echo