"Nyukasl" 40+8 mln evrolik transfer borasida kelishuvga erishdi

Alisher
28 yanv 2022
"Lion" yarim himoyachisi Bruno Gimaraes "Nyukasl"ga o'tishga yaqin.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Angliya klubi 24 yoshli Braziliya terma jamoasi o'yinchisining transferi borasida 40 mln evro+8 mln evro ko'rinishida kelishuvga erishdi.

Tomonlar Gimaraesning agenti uchun komissiya miqdorini kelishishi qoldi, xavbek shundan so'ng "Nyukasl" uchun Braziliyada tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Gimaraes Liga 1 doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano