"Nyukasl" 25 mln funtga 30 yoshli forvardni xarid qildi

Alisher
13 yanv 2022
"Nyukasl" "Byornli" forvardi Kris Vud bilan shartnoma imzoladi.

30 yoshli yangi zelandiyalik futbolchi 2,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

"Nyukasl"ning xabariga ko'ra, uning uchun klub taxminan 25 million funt (30 million evro atrofid) miqdorida tovon puli to'ladi.

Vud joriy mavsum APL doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: nufc.co.uk