Nurjan Jyetibaev: "O'zbekistonni tabriklayman"

Narzulla Saydullayev
2 dek 2018
Osiyo chempionati U-20 musobaqasining Markaziy mintaqa saralashi 1-turi doirasidagi Qirg'iziston - O'zbekiston (3:6) uchrashuvidan keyin qirg'izistonliklar ustozi Nurjan Jyetibaev o'z fikrlarini bildirdi.

"O'zbekiston terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'ylaymanki birinchi taymda yigitlarim yaxshi o'ynashdi. Ikkinchi taymda O'zbekiston uchun omadliroq o'ynashdi. Yosh yigitlar shoshilishadi va ko'p xatolar qilishadi", - deydi Nurjan Jyetibaev.  

- Sizning jamoaingizda 8 va 10-raqamli o'yinchilar yetakchi. Ammo o'yin aynan shu ikki futzalchi orqali tashkil etilgani bugun salbiy ta’sir qildi deb hisoblaysizmi?

- Bizning maqsadimiz jamoaviy o'yin ko'rsatish edi. Faqatgina Damir Isoqov va Mirlan Joldubaevning kuchli tomonlaridan foydalanishga urindik.

- 10-raqamdagi Joldubaevni Qirg'iziston terma jamoasining kelajakdagi yulduzi deb ayta olasizmi?

- Hozircha u yoshlar terma jamoasi a'zosi. Agar o'z ustida mehnat qilishda davom etsa balki kelajakda milliy terma jamoada o'ynashi va yetakchiga aylanishi mumkin.
 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia