"Nurafshon" futbolchilari 4 oydan buyon maosh olishmagani bois ish tashlash e'lon qilishdi

Narzulla Saydullayev
19 avg 2018, 14:36
Toshkent viloyatining "Nurafshon" klubi PRO-liga "B" guruhida peshqadamlik qilmoqda.

Jamoa futbolchilari 4 oydan buyon maosh va mukofot pullarini olishmayotgani uchun, kechagi va bugungi mashg'ulotga chiqishdan bosh tortishgan.

21 avgust kuni "Nurafshon" 22-tur doirasida o'z uyida "Zomin" bilan o'ynashi lozim. Hozircha bu bahs o'tkazilishi xavf ostida turibdi.

Ma'lumot uchun, 18ta o'yindan 37 ochko to'plagan Vohid Xolboev boshchiligidagi jamoa ayni paytda o'z guruhida birinchi o'rinda bormoqda.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia