"Nurafshon" 2 futbolchini ortga qaytardi, yana 2 nafarini o'z safiga qo'shib oldi

Mirjalol Normatov
25 iyul 2018, 23:42
Davralar oralig'ida Pro-liga "B" guruhi peshqadami "Nurafshon" tarkibida bir necha o'zgarishlar bo'ldi.

Jumladan, yarim himoyachi Maqsud To'xliev jamoani tark etdi. U "Nurafshon" tarkibida birorta uchrashuvda ham maydonga tushmadi.

Oldinroq aytilganidek, "Buxoro"ga ketishi kutilgan Elbek Ravshanov, undan tashqari darvozabon Abdukarim Muhamedov ortga qaytarildi.

Vohid Xolboev o'z jamoasi tarkibiga "Paxtakor"dan Jasur Rahimov va "Bunyodkor"dan Azamat Roziqovni qo'shib oldi. Ushbu futbolchilar mavsumning qolgan qismida "Nurafshon" sharafini himoya qilishadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia