Nukusda “C” licenziyasi uchun tayyorlov kursi o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
13 sen 2016, 11:10
O'FFning bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol boshqarmasining ish rejasiga asosan, Nukus shahrida Qoraqalpog'istonning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan murabbiylarning “S” licenziyasi uchun 5 kunlik tayyorlov kursi o'tkazildi.

Mazkur kurs 2016 yilning 8 – 12 sentyabr kunlari  “Turon” stadionining o'quv-mashg'ulot bazasida tashkil etildi. Ushbu jarayonga O'FF instruktori Ongarboy Jalimov rahbarlik qildi. Unga “Orol” futbol klubi bosh murabbiyi Timur Turdiev koordinator sifatida yordam berdi.

Qoraqalpog'iston respublikasi futbol federatsiyasining birinchi vice-prezidenti Vladimir Nazarovning takidlashicha, kursda 20 nafar qoraqalpog'istonlik  murabbiy nazariy va amaliy mashg'ulotlarda o'zlarining bilim ko'nikmalarini oshirishgan.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia