Nukusda 2004 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston birinchiligi start oldi FOTO

Narzulla Saydullayev
11 noya 2017, 16:38
Nukus shahridagi “Turon” stadionida 2004 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston birinchiligi musobaqasi boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimida Qoraqalpog'iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi raisi Bayniyazov G'ayratbay, Qoraqalpog'iston Respublikasi Futbol Federatsiyasi birinchi vice-prezidenti Nazarov Vladimir, Nukus shahar kasaba uyushma Kengashi raisi Esenbaev Ziynatdin, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi masul vakili Imomov Shavkat, O'FF Terma jamoalar boshqarmasining selekciya ishlari bo'yicha mutaxassisi Shukurullo Ashirov so'zga chiqishdi.

Shundan so'ng birinchilikka start berildi.

Quyida uchrashuv natijalari bilan tanishishingiz mumkin.
“A” guruhi.
1-tur

Namangan – Toshkent viloyati 2:1
Qoraqalpogiston Respublikasi – Navoiy 3:0

“B” guruhi.
1-tur

Xorazm – Sirdaryo 1:0
Toshkent – Buxoro 7:0

Musobaqa 16 noyabrga qadar davom etadi.


Furqat Yusupov
Nukus shahridan maxsus




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia