Nosir Otaqo'ziev: “Nega o'ynamayotganimni Memetdan so'rang, bu men uchun ham qiziq”

Mahoratli hujumchi Nosir Otaqo'ziev qaysi jamoada bo'lmasin doimo asosiy tarkibda o'ynab kelgan.
 Shu bilan birga Otaqo'ziev qaysi jamoada bo'lmasin to'purarlik mahoratini ham namoyish etib keladi. Joriy mavsumni “Guliston”da boshlagan farg'onalik hujumchi davralar oralig'ida sobiq jamoasiga qaytdi.
 Ammo uning “Neftchi”da etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda deya olmaymiz. Boisi murabbiylar shtabi hozirgacha asosan oldingi chiziqda Zayniddin Tojiev va Otabek Isroilovning xizmatidan foydalanib kelmoqda.
Otaqo'ziev esa asosan zaxirada o'z vaqtini kelishini kutib o'tiribdi. Bunga nima sabab bo'lmoqda?

- Yaxshisi bu savolni Amet Abdullaevichga bering, bu men uchun ham qiziq – deydi Nosir Otaqo'zievning o'zi biz bilan suhbatda. Maydonga tushib, jamoam muvaffaqiyatlariga o'z hissamni qo'shishga doim tayyorman.
Murabbiy bilan munosabatim yaxshi, bu borada hech qanday muammo yo'q. Lekin Memet bilan hozircha nima uchun menga imkoniyat berilmayotgani to'g'risida gaplashib ko'rmadim. Balki keyingi uchrashuvlarda menga ham o'ynash imkoniyatini berar.
“Neftchi”ga meni klub raisi taklif etgandi.   

Islombek Rustambekov


Manba: www.championat.asia