"Norvich" ustozi: "Juda sekin o'ynadik"

Mirjalol Normatov
24 okt 2021
"Norvich" bosh murabbiyi Daniel Farke APLning 9-turi doirasida "Chelsi"ga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yindan oldin futbolchilarga futbol olamidagi eng qiyin vazifa bo'lishini aytgandim. O'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatmoqchi edik, ammo o'xshamadi. To'p bilan sekin o'ynadik, qarorlar qabul qilishda qiynaldik. Shu sababli mag'lub bo'ldik.

O'tgan haftada futbolchilar bilan yugurishlar borasida gaplashgandik. Ularning ham kayfiyati tushib ketgan, biroq ularni qattiq jazolash kerak emas. Qo'pol xatolar qabul qildik. Kayfiyat tushib ketgani sababli yana 3 gol qo'yib yubordik.

2-3 kun davomida buni unutish qiyin bo'lishini aytgandim. Ammo hal qiluvchi o'yinlar arafasida buni tezda yoddan chiqarish kerak. Biz uchun bu yomon natija. 7 gol qo'yib yubordik. Ikki kun qiynalib, kuch to'plab, ishlashda davom etish kerak", - dedi Farke.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal