"Norvich" "Manchester Yunayted" futbolchisini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
23 avg 2021
"Manchester Yunayted" himoyachisi Brendon Uilyams ijara asosida "Norvich Siti"ga o'tdi.

Kelishuv mavsum oxirigacha amal qiladi.

"20 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "qizillar" uchun 14 o'yinda qatnashdi va endi yaqin 9 oyda yangi jamoasida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladi", – deyiladi MYU xabarida.

"Norvich Siti" o'tgan mavsumda Chempionship g'olibiga aylanib, Premer-ligaga yo'llanma olgan.

 Uilyams MYU tarbiyalanuvchisi sanaladi. U asosiy jamoada 50 o'yinda 1 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: canaries.co.uk

O'xshash yangiliklar