Normativlar. 5ta klubdan qancha futbolchi ularni topshira oldi?

Narzulla Saydullayev
23 dek 2017
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan milliy chempionatda ishtirok etuvchi klub futbolchilaridan o'zbek futboli tarixida birinchi marta test-sinovlari olinayotganidan xabaringiz bor.

Shu kunga qadar O'FF tomonidan tasdiqlangan reja asosida “Olmaliq”, “Mashal”, “Navbahor”, “Qo'qon-1912”, “Cementchi” klublari futbolchilari normativlarni topshirishdi. Normativlar 4ta bosqichdan iborat ekanini avval xabar qilgandik.

1. 30 metrga yugurish

2. Turgan joyidan uzunlikka sakrash

3. 7x50 metrga yugurish

4. “Yo-Yo” test


Xo'sh, milliy chempionatimizda ishtirok etuvchi klublar futbolchilarining normativlar topshirish bo'yicha natijalari qanday?


7x50 metrga yugurish - 114 nafar futbolchidan 104 nafari o'ta olmadi.

“Yo-Yo” test (Signal  bo'yicha fishkalar orasida 20 m masofaga yugurish) - 102 nafar futbolchidan 83 nafari o'ta olmadi.

30 metrga yugurish - hech qaysi futbolchi o'ta olmadi.

Uzunlikka sakrash - hech qaysi futbolchi o'ta olmadi.



Barcha raqamlar O'FF rasmiy saytidan olindi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia