

Fransiyaning Nicca shahrida bo'lib o'tgan bahsda Timur Kapadze shogirdlari 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Gollardan ikkitasiga Husayn Norchaev mualliflik qilgan bo'lsa, bittasini Oston O'runov o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
O'zbekiston - Yangi Zelandiya 3:1
Gollar: Husayn Nochaev (2 ta), Oston O'runov (1 ta).
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi to'rt yillikning yirik musobaqasida 24 iyul kuni debyut qiladi. O'sha kuni "oq bo'rilar" Ispaniya bilan bahs olib boradi.



