No'mon Hasanov: “O'yindan zavq oldim”

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2018
Superliga 17-turidan olgan “Qo'qon-1912” – AGMK uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida No'mon Hasanov va Quvondiq Ro'ziev ishtirok etishdi.

No'mon Hasanov: - Bugungi o'yin chiroyli va tomoshabop bo'ldi. O'yindan zavq oldim. Katta tashabbusga ega bo'ldik. O'yinimiz borgan sari ochilib borayotgani meni xursand qilmoqda. Bugun mavsumdagi eng yaxshi o'yinlardan birini o'tkazdik. Ayniqsa futbolchilarimning 1-taymdagi harakatlari menga ko'proq yoqdi. Tanaffusda ham shunday tempda o'ynashni davom ettirish haqida ko'rsatma berdim.

Jasur Xakimovni anchadan beri bilaman. U ancha harakatchan,yaxshi ochiladi va  hujumda katta jahmdagi ishlarni bajaradi. Jasur hali to'liq o'zini ko'rsata olgani yo'q. O'ylaymanki uning eng yaxshi o'yinlari oldinda.
Keyingi tur “Nasaf”ga qarshi o'yin kutib turibdi. Futbolchilarga dam bermaymiz, ertadan boshlaboq tayyorgarlikni boshlaymiz. Qarshidan ham yaxshi natija bilan qaytish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.  

Quvondiq Ro'ziev: Avvalambor stadionda bizni qo'llab turgan muxlislarimizga rahmat aytmoqchiman. Uchrashuvda katta tashabbusga ega bo'ldik. Vaziyatlardan foydalanganimizda hisob yanada yirik bo'lishi mumkin edi. Murabbiymiz aytganidek o'yinimiz ochilib bormoqda. Keyingi o'yinlarda ham muxlislarimizni xursand qiladigan natijalarni qayd etishga harakat qilamiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz