Noyer: "Germaniya terma jamoasi sardori bo'lishga tayyorman"

Tolibjon Qosimov
2 sen 2014
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyerning takidlashicha, u jamoa sardori bo'lishga tayyor.
"Bavariya" darvozasi qo'riqchisining so'zlariga ko'ra, u javobgarlikdan qo'rqmaydi.

"Agar bosh murabbiy sardorlik bog'ichini menga ishonsa, men bunga tayyorman. Bungacha men Yoaxim Lyov bilan suhbatlashib, holatni tushunib olishim kerak. Men bu vazifani o'zimga bermoqchi emasman. Aslida sardor bo'lamanmi, yo'qmi, menga baribir. Shunday bo'ldimi yo'qmi, men doimo masuliyatga tayyorman" - deydi Noyer.

Eslatib o'tamiz, jamoa sobiq sardori Filipp Lam jahon chempionlarini 2014 yilda tark etdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com