Nodir Eliboev: "O'z oldimizga qo'ygan barcha maqsadlarni bajardik. O'zbekiston terma jamoasining guruhdagi raqiblari o'ta kuchli emas"

Абдулвосит Бектемиров
14 iyun 2024
O'zbekiston kubogi finali "Oil-Star" - BMB (2:2) so'ng BMB jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboev uchrashuv haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi

- Bugungi final haqida fikrlaringiz?

- Bugungi final har kungidan ham qiyinroq bo'ldi. Finalga qadar barcha kuchli jamoalarga bilan to'qnash keldik. Penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rgan edik. Raqiblarimiz OKMK va "Oil-Star"ga rahmat aytaman. Tashkilotchi PFLga ham katta rahmat. Chempionatdagi raqobat har yili kuchayib bormoqda.

- BMB jamoasi joriy mavsum "oltin dubl" qayd etdi. Jamoangizning joriy mavsumdagi ishtiroki haqida gapirib o'tsangiz?

- Jamoa o'z oldiga qo'ygan maqsadlarga erishdi. Demak, biz to'g'ri yo'ldamiz. Rahbariyat oldimizga yanada katta maqsadlarni qo'ymoqda. Biz esa mehnat qilishda davom etishimiz kerak.

- O'zbekiston futzal terma jamoasi Mundialdagi dastlabki raqiblarini bilib oldi. Milliy terma jamoada ko'p yillar to'p tepgan futbolchi sifatida terma jamoamizning Jahon chempionatidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Imkoniyatlarimiz yaxshi. Guruhdagi raqiblarimiz juda kuchli emas. Guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritishimiz kerak.





Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia