Nkunku yana safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2024
"Chelsi" futbolchisi Kristofer Nkunku jarohati sababli bir necha haftaga safdan chiqdi.

Kecha futbolchi "Chelsi"ning Angliya kubogi doirasida "Preston"ga qarshi o'yinini o'tkazib yubordi. O'yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino futbolchi mashg'ulot paytida jarohat olganini aytib o'tdi. Aytilishicha, futbolchi 2-3 haftaga safdan chiqqan.

Kristofer 2023 yil yozida "Chelsi"ga o'tgandi. Biroq tizzasidagi jarohati sababli u dekabr oyi oxirlariga qadar o'ynay olmadi. Shundan keyin u 4 o'yinda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal