Nima? "Al Nassr" Rossiya chempionatida to'p surayotgan futbolchiga 70 million evro bermoqchi

Khoja
31 iyul 2025
"Al Nassr" "Zenit" yarim himoyachisi Luis Enrikega qiziqish bildirmoqda.

Saudiyaliklar braziliyalik futbolchini qo'lga kiritish maqsadida 70 million evro sarflashga tayyor.

Rossiya jamoasi 24 yoshli futbolchini qishda "Botafogo"dan 33 million evroga xarid qilgandi.

Enrike "Zenit" safida jami 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.




KhojaMuallif
Manba: championat.com