Nilufar Usmonova hamda "Afruz" guruhi "Paxtakor" - AGMK uchrashuvi mehmonlari

Narzulla Saydullayev
16 mar 2018
18 mart kuni O'zbekiston Superligasining 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - AGMK o'yini bo'lib o'tadi.

O'yindan avval stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlar e'tiboriga koncert dasturi taqdim etiladi. Shu kuni "Paxtakor" stadionida Nilufar Usmonova hamda "Afruz" guruhi mehmon bo'lishadi. Tanaffus paytida ham badiiy dastur davom ettiriladi va tomoshabinlar ijtimoiy akciyada ishtirok etib, uch televizordan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

E'tiborlisi bularning barchasi mutlaqo BEPUL!  Sababi "Paxtakor" - AGMK uchrashuviga kirish bepul qilib belgilangan. "Paxtakor" FK barcha muxlislarni yakshanba kuni soat 17:00dan keyin "Paxtakor" stadioniga chorlaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia