Nikola Lazarevich: "Qizil kartochkadan so'ng qiyin holatda qoldik"

Sherzod Nurmatov
1 may 2022
Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Navbahor" (1:2) uchrashuvidan so'ng navoiyliklar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- Avvalo, "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklab o'tmoqchiman. Bir kishi kam bo'lib o'ynaganimizga qaramasdan, yigitlar xarakter ko'rsatishdi va yaxshi o'ynashdi.

Keyingi o'yinlarga jiddiy hozirlik ko'ramiz. Afsuski, qizil kartochkadan so'ng qiyin holatda qoldik. 2-taymdagi o'yin uchun futbolchilarimizga rahmat. 

Biz oxirgi daqiqalargacha diqqat-e'tiborni yo'qotmasligimiz lozim. 

- Timur Nabievni asosiy tarkibda ko'rdik. Uning o'rniga Fayzulla Qambarov yoki Azizbek Usmonovni maydonga tushirsangiz bo'lmasmidi?

- Nazdimda, Nabiev Kubok uchrashuvida yaxshi harakat qilgandi. Tanlovimiz aynan u bo'ldi. Undan tashqari, yoshlarga imkoniyat berishimiz mumkin.

- Erkin Baydullaevning jarohati jiddiymi?

- Hozircha bir nima deyolmayman. Endi bilib olamiz.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia