Niklas Bendtner: “Men “Arsenal”ni tark eta olmaganimdan xafaman”

Narzulla Saydullayev
4 sen 2013
“Arsenal” klubi va Daniya terma jamoasi hujumchisi Niklas Bendtner, klub bosh murabbiyi Arsen Venger uni “Kristal Pelas”ga qo'yib yubormaganidan xafa ekanligini aytib o'tdi.

Fransiyalik mutaxassis daniyalik futbolchining o'rniga boshqa hujumchi topa olmaganidan so'ng, futbolchini jamoada qoldirishga qaror qilgan.

“Men bu mavsumda “Arsenal”ni tark eta olmaganimdan xafaman. “Kristal Pelas” meni sotib olish bo'yicha kelishib olgan edi. Men ham boshqa ingliz klubida o'z omadimni sinab ko'rishni xoxlagandim. Men futbol o'ynashni juda xoxlayman va bu meni baxtli insonga aylantiradi. “Arsenal”da har bir professional futbolchi uchun fantastik sharoitlar yaratilgan. Men jamoaga va murabbiyga yangi mavsumda yuqori natijalarga erishishi uchun bor kuchim bilan yordam beraman”, - Bendtnerning so'zlarini keltiradi Daily Mail. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net