Nigeriya JCH-2014ga Xyustonda tayyorgarlik ko'radi

Tolibjon Qosimov
28 yanv 2014, 12:12
Nigeriya terma jamoasi bo'lajak mundialga Xyustonda tayyorgarlik ko'radi.
Bu yig'in 25 may kuni boshlanadi, deb xabar bermoqda ESPN nashri. Yig'in doirasida "superburgutlar" to'rtta nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Nigeriya JCH-2014 Argentina, Bosniya va Gertsegovina, Eron kabi jamoalar bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net