Nigeriya o'z muxlislarini Rossiyadagi JCHdan qaytarish uchun 1 mln. dollar sarfladi

Aslanov Jasurbek
7 avg 2018
Nigeriya tashqi ishlar vaziri Jeffri Onemaning ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati Rossiyadagi jahon chempionati o'yinlari tomosha qilish uchun ketgan nigeriyaliklarni qaytarish uchun 1 mln. dollar sarfladi.

Gap mundialga borib ortga qaytishni rejalashtirmagan muxlislar haqida ketmoqda.

Nigeriyaliklarni qaytarish uchun 2ta samolyot kerak bo'ldi. 155 kishini qaytargan ilk reys 20 iyul, 200 kishilik ikkinchi reys esa 5 avgust kuni Nigeriyaga qo'ndi.

Onemaning so'zlariga ko'ra, har bir reys Nigeriya uchun 500 ming dollarga tushdi. Ular Rossiyada qolishni reja qilgan 17 ganalikni ham Afrikaga qaytarib olib kelishdi. Nigeriya TIVning ma'lum qilishicha, ko'pchilik nigeriyaliklar futbol uchrashuvlarini ko'rish uchun emas, Yevropada qolish uchun Rossiyaga yo'l olishgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AllAfrica