Niderlandiya bilan o'yin oldidan Fransiya yana bir jiddiy yo'qotishga uchrashi mumkin

Оқил Абдубарноев
19 iyun 2024
Avvalroq burnini sindirib olgan Kilian Mbappening mazkur o'yinda qatnashmasligi aytilgandi.

Madridning “Real” klubi va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Evro-2024 doirasidagi Niderlandiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. 

Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchi mashg'ulot vaqtida mushaklarida noqulaylik his qilgan.

Tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan. Eslatib o'tamiz, 2024 yilgi Yevropa chempionatining 1-turida Fransiya terma jamoasi Avstriyani minimal 1:0 hisobida mag'lub etgandi. Fransiyaning ikkinchi turdagi raqibi Niderlandiya terma jamoasi bo'ladi.

Uchrashuv 22 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: RMC Sport