

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "Nicca" 34 yoshli braziliyalikka qiziqish bildirmoqda. Tomonlar ehtimoliy o'tish borasida muzokaralar olib borishmoqda.
Braziliyalik himoyachi 1 iyulda erkin agentga aylandi, sababi uning "Real" bilan shartnomasi yakunlandi.
Marselo - "Real" tarixida eng ko'p sovrin yutgan futbolchi hisoblanadi. U jamoa bilan 25ta sovringa ega chiqqan. O'yinchi 2007 yildan 2022 yilgacha Madrid klubida harakat qildi. Futbolchi "qaymoqranglilar" tarkibida 544ta o'yinda maydonga tushib, 37ta gol va 103ta assist qayd etgan.



