Vetnam - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani ishtirok etnan Vetnam terma jamoasi bosh murabbiyi Nguen Van Si O'zbekiston terma jamoasini juda jiddiy va kuchli raqib deya atadi. O'zbekiston terma jamoasi juda kuchli raqib. Ertaga bo'lib o'tadigan o'yinda muxlislarimiz bizni stadionga kelib qo'llabg'quvvatlashlariga umid qilamiz. O'z maydonimizda to'p surayotganimiz ham, bizga oz bo'lsada ustunlik olib kelishi mumkin, - deydi Nguen Van Si.
Biz O'zbekistonga qarshi o'ynadik va ularni endilikda qanday jamoa ekanini yaxshi o'rganib chiqdik. Shunday bo'lsada, O'zbekiston ertaga favorit sifatida maydonga tushadi. Biz esa, to'g'ri taktika tanlagan holda g'alaba qozonishga harakat qilamiz
Vetnam terma jamoasi bosh murabbiyi shuningdek, terma jamoa sardori Tan Tayining safga qaytgani terma jamoa o'yinida burilish yasashi mumkinligini aytib o'tdi. Toshkentdagi o'yinda Tan Tayi maydonga tusha olmagan va bu o'yinimizga ta’sir o'tkazgan edi. Ertaga u maydonga tushadi va bu bizga ijobiy tomondan yordam berishiga umid qilaman, deydi Vetnam terma jamoasi bosh murabbiy.
Eslatib o'tamiz, OK-2015 saralashi, 4 turidan o'rin olgan Vetnam - O'zbekiston 15 noyabr kuni Xanoydagi May Din stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.
Baxtiyor Mametov (O'FF matbuot xizmati) Xanoy