

Futbolchining tiklanishi kutilganidan ham uzoq davom etishi mumkin. Braziliyalik futbolchining otasi Neymar jahon chempionati finaligacha tuzalishini aytdi.
Braziliya terma jamoasi jahon chempionatining 1/8 final bosqichiga yo'llanmani rasmiylashtirib bo'ldi. Tite shogirdlarining pley-offdagi ilk raqibi birozdan so'ng ma'lum bo'ladi.
Avvalroq Neymarning chorak finalgacha tiklanishi mumkinligi haqida ma'lumot paydo bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati finali 18 dekabr kuni bo'lib o'tadi.



