Neymarning otasi "Barselona" vakillari bilan uchrashdi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2019
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, PSJ futbolchisi Neymarning agenti va otasi Andre Kari Braziliyada "Barselona" vakillari bilan uchrashdi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, ushbu uchrashuvda mashhur futbol agenti Pini Zaxavi ham ishtirok etgan.

2018 yili noyabr oyining o'rtalarida Londonda ham shunday uchrashuvlar bo'lgan.

Andre Kari 2013 yilda Neymarning "Santos"dan "Barselona"ga o'tishida muhim rolni o'ynagandi.

Braziliyalik futbolchi 222 million evro evaziga PSJga transfer qilingandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail