Neymar "Santos"ga qaytishni orzu qiladi

Sherzod Nurmatov
22 apr 2023, 11:12
PSJ hujumchisi Neymar bir kun kelib faoliyatini Braziliyada davom ettirishdan umidvor.

"10 yildan keyin uyga "Santos"ga qaytish juda yoqimli. Afsuski, durang qayd etildi. Men g'alaba bo'lishini istab, "Santos"ni qo'llab-quvvatlashga kelgandim. Muxlislar mehrini his qilganimdan xursand bo'ldim. Menga eshiklarini ochgan va meni dunyoga namoyish qilgan klub shu. Men bu erga qaytishni orzu qilaman. Bir kun kelib men buni qilaman", – dedi futbolchi.

Neymar – "Santos" tarbiyalanuvchisi. Braziliyalik futbolchi 2013 yilda ushbu klubni tark etgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UOL