Neymar "Al Hilol" bosh murabbiyining Braziliya milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishiga qarshi chiqdi

Sherzod Nurmatov
30 mar 2025, 23:57
Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) Dorival Junior iste'foga chiqqanidan so'ng milliy jamoaga yangi bosh murabbiy qidirishni davom ettirmoqda.

Nomzodlar orasida Karlo Anchelotti, Filipe Luis, Abel Ferreyra va Jorje Jezush bor. Biroq Neymar allaqachon federatsiya rahbariyatiga portugaliyalik mutaxassisning nomzodiga qarshi ekanligini bildirgan.

Hujumchi "Al Hilol"dagi birgalikdagi faoliyati davomida Jezush bilan ziddiyatga uchraganini ma'lum qildi. Neymarning aytishicha, portugaliyalik murabbiy klubdagi kelajagi haqida yolg'on vadalar berib, unga "xoinlik" qilgan.

Ular o'rtasidagi kelishmovchiliklar 2024 yil oxirida Neymar Jezush bilan jamoadagi o'z roli haqida suhbatlashganida boshlangan. Murabbiy uni shartnoma oxirigacha (2025 yil iyungacha) tarkibda qolishiga ishontirgan. Biroq, ko'p o'tmay, Jezush intervyuda Neymarga umid bog'lamasligi, chunki u endi yuqori darajada o'ynay olmasligini aytgan. Bu voqea ularning munosabatlariga butunlay putur etkazgan va Neymar "selesao" jamoasini Jorje Jezush boshqarishini istamaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: A Bola