Nevill: "Ronaldu ushbu mavsum 15-20 gol ura oladi"

Mirjalol Normatov
27 noya 2022, 14:30
Sobiq futbolchi Gari Nevill "Manchester Yunayted"dan ketgan Krishtianu Ronalduning kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, u biror top-klub topib, 4-5 oylik shartnoma imzolaydi. Krishtianu hali Yevropaning elit jamoalarida o'ynashga loyiq. Uning asosiy maqsadi - YCHLda o'ynash bo'lsa kerak. Shu orqali u o'zining holati hali ajoyibligini, "Manchester Yunayted"da bo'lgan ishlar noto'g'ri bo'lganini isbotlaydi.

Uning oldida 4-5 oy bor. Ronaldu ushbu mavsumda 15-20 gol ura oladi. O'shanda "Manchester Yunayted"dagilar ham Premer-ligadagilar ham uni bekorga ketganini aytishadi. Uning o'zi ham shuni istasa kerak.

Ushbu mavsumni yakunlab olganidan keyin Ronaldu keyingi ikki yil haqida o'ylaydi. Balki u so'nggi ikki mavsumi uchun loyiha tuzar. Balki AQSHdir, balki Yaqin Sharq. Balki u Yevropada faoliyatini tugatar.

Umid qilamanki, u hali isbotlashni istaydigan narsalar juda ko'p. Yakunda "Manchester"dagilar Ronaldu bilan qilgan ishlaridan pushaymon bo'lishlari kerak. Barchasi Krishtianu uchun to'g'ri hal bo'lishini istayman", - dedi Nevill.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal