Nesta: "Yuventus" nimanidir yutishi shart"

Mirjalol Normatov
25 iyul 2022
Italiya termasining sobiq futbolchisi Alessandro Nesta "Yuventus"dan nimalarni kutayotganini aytdi.

"Transferlarga ishlatilgan pullar va olib kelingan futbolchilarni inobatga olsak, "Yuventus" ushbu mavsumda qandaydir sovrinni, hech bo'lmaganda skudettoni yutishi shart. O'tgan mavsumni jamoa juda yomon o'tkazdi. Endi muhim ishga qaytish kerak.

Hozir "Yuventus"da bosh murabbiy masalasi eng nozik bo'lib turibdi. Sarri unchalik yaxshi murabbiy emasdi, Pirlo tajribasiz, Allegri esa hech nima yutmadi. Ushbu klubda murabbiy hech qachon muammo bo'lmasligini istardim", - dedi Nesta.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal