Nemis va ispan grandlari italiyalik futbolchiga qiziqib qoldi (DS)

"Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella Yevropaning bir qator top-klublari e'tiborini o'ziga qaratdi.

Futbolchining xizmatlariga "Barselona", "Real" va "Bavariya" jamoalari qiziqish bildirmoqda, deb xabar qildi Diario Sport.

23 yoshli o'yinchi joriy mavsum 18 uchrashuvda 2 gol, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o'tamiz, Nikolo "Inter" tarkibiga 2019 yilda "Kalyari"dan kelib qo'shilgan edi.


Manba: championat.asia