Nemanya Vidich: “Mavsum oxirida “Manchester Yunayted”ni tark etaman”

“Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Nemanya Vidich mavsum so'ngida jamoasini tark etishini ma'lum qildi.

- Yozda “MYU” bilan tuzgan shartnomam nihoyasiga etadi. Shubhasiz ushbu klubda faoliyatimning eng yashxi yillarini o'tkazdim. Bu erda 15 ta sovrinni qo'lga kiritaman deb hech o'ylamaganman. Ayniqsa Moskvada o'tkazilgan Chempionlar ligasi finalida g'alaba qozonganimiz esda qolarli bo'ldi. Biroq mavsum so'ngida “MYU”dan ketishga qaror qildim. Klublardan yangi takliflarni kutaman, - Vidichning so'zlarini keltiradi “MYU” rasmiy sayti.


Manba: football.kulichki.net