

Oldinroq Neymar Chiliga qarshi o'yinda raqib qo'pol harakat qilganini, hakam esa bunga e'tibor qilmaganini aytgan. Medel esa bunga javoban Neymar maydonda teatr uyushtirayotgani haqida so'zlagan.
"Juda qo'pol o'yin bo'ldi. Bu futbol emas. Agar u bu harakatlarni teatr deb baholasi, unda bu borada boshqa aytadigan gapim yo'q. Medel kim ekanligini bilmayman. U futbolchi ekanidan xabarim bor, ammo uning so'zlari meni qiziqtirmaydi" - deydi Neymar.



