"Neftchi" Yuriy Syomin jamoasiga mag'lub bo'ldi, Nasimov maydonga tushmadi

Narzulla Saydullayev
4 may 2014
Ozarboyjon premer ligasida 33-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Ozarboyjon chempionati

Hamyurtimiz Bahodir Nasimov to'p tepayotgan "Neftchi" klubi o'z uyida Yuriy Syomin boshchilik qilayotgan "Gabala"ni qabul qildi. Uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Nasimov o'yinni zaxiradan kuzatdi.

"Neftchi" ayni paytda 55 ochko bilan musobaqa jadvalining 3-pog'onasida bormoqda. Jamoa 7 may kuni "Olimpik" klubi bilan o'ynaydi.

"Neftchi" - "Gabala" 1:2
Gollar:
  Imamverdiev 50 - Dodo 62, Ebesilio 90.
Chetlatish: Ebesilio 90+3

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia