"Neftchi" - "Xorazm" uchrashuvi uchun chiptalar arzonlashtirildi

Narzulla Saydullayev
2 apr 2019
Avval xabar berganimizdek, ushbu mavsumdan Pro liga "A" guruxida ishtirok etadigan "Neftchi" yangi 2019 yilgi mavsumda ham barcha uy uchrashuvlarini "Istiqlol" stadionida o'tkazadi.

Boshlanajak mavsumda ham jamoani o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishi va kuchlilar qatoriga qaytishi uchun muxlislar daldasi xamda qo'llab quvvatlashi juda muhim hisoblanadi. Muxlislarni yana stadionga qaytarish va ularga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida jamoa va stadion rahbariyati kelishgan holda ushbu mavsumda "Neftchi" jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlariga kirish chiptalari arzonlashtirildi. Chipta narxi - 5000, markaziy sektorlar - 7000 so'm etib belgilandi.

Ertaga bo'lib o'tadigan "Neftchi"-"Xorazm" uchrashuvi uchun chiptalar ertaga soat 8:00 dan "Istiqlol" stadioni kassalarida sotuvga chiqariladi!

"Neftchi" PFK matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz