"Neftchi" Tojikiston jamoasini yirik hisobda mag'lub etdi

Aziz Tukhtamuradov
22 iyul 2023
Vitaliy Levchenko boshchiligidagi jamoamiz Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini Tojikistonning "Esxata" klubiga qarshi o'tkazdi.

Takidlash joiz, murabbiylar o'yinda barcha futbolchilar uchun uchun imkoniyat yaratib berishdi. Birinchi bo'limda harakatlangan futbolchilar o'rniga, ikkinchi bo'limda tarkib to'liq almashtirildi. 

Uchrashuvda hisobni vakillarimiz ochib berishdi. Bu vaziyatda jamoaga yaqinda kelib qo'shilgan gruziyalik hujumchi Georgiy Nikabadze burchakdan oshirilgan to'pga egalik qilib boshi bilan zarba yo'lladi va darvozani ishg'ol etdi 1:0. Mazkur hisob tanaffusga qadar o'zgarishsiz qoldi. 

Ikkinchi bo'limda zaxiradan o'yinga qo'shilgan vakillarimiz ancha faol va hujumkor o'yin namoyish etib, mehmonlar darvozasiga ancha-muncha xavf solib, ketma-ket uchta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldilar. O'yinda to'liq ustunlikka ega bo'lgan jamoamiz yakunda yirik 4:0 hisobidagi g'alabani nishonladi.

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi 

21 iyul "Neftchi" SK stadioni

"NEFTCHI"-"ESXATA" 4:0

Gollar: Georgiy Nikabadze, 5'(1:0), avtogol, 50'(2:0),Izzatilla Abdullaev, 58'(3:0), Izzatilla Abdullaev, 68'(4:0)

Ogohlantirishlar:  Anvar G'ofurov 56

Amalaga oshirilmagan penalti: G'ulomxaydar G'ulomov 78

"Neftchi" birinchi bo'lim: 

45.Akbar To'raev, 3. Nodirxon Nematxonov,  26.Aleksey Larin,  4. Anton Krivchenko, 7.Umar Adxamzoda, 19.Mirzoxid G'ofurov. 23.DiyorTuropov,  5.Eduard Emsis, 8.Sharof Muxiddinov, 35.Vaxib Tara, 22 Georgiy Nikabidze.

"Neftchi" ikkinchi bo'lim: 12.Vladimir Nazarov, 2.Zoir Jo'raboev, 21.Muxsin Ubaydullaev, 20.Anvar G'ofurov, 11.Izzatilla Abdullaev, 10.Sunnatillo Abdulajonov, 13.Lutfulla To'raev, 17.Abdulloh Olimov,  24.G'ulomxaydar G'ulomov, 9.Ulug'bek Xoshimov, 70.Abbos G'ulomov.

Bosh murabbiy:  Vitaliy Levchenko 


"Esxata": 93.Vladislav Shevchenko, 19.Xuseyn Nurmatov, 14.Oybek Abdug'afforov, 15.Roman Xibaba, 10.Sayyod Kovusshox, 20.Olim Karimov, 17.Ibrohim Eshonxonov, 5.Siyavush Asrorov, 7.Shaxzod Mamurjonov, 18.Daler Imomnazarov, 22.Sanjar Rizqiboev.

Zaxira: 16.Mo'minjon Gadoyboev, 29.Muhammad Rustamov, 21.Abdurahmon Uzaqov, 8.Rustam Saburov, 72.Mubin Mo'minov, 81.Xoji Abdumamonov, 11.Baxtiyor Zaripov.

Bosh murabbiy: Igor Surov


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: t.me/pfcneftchi_uz