"Neftchi" tanishtiruv va taqdimot marosimini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
5 mar 2021
Bugun Farg'ona shahrida Islom Karimov nomidagi teatr va koncert saroyida "Neftchi" klubi yangi mavsum oldidan tanishtiruv va taqdimot marosimini o'tkazdi.

Dastlab marosimning kirish qismi taniqli xonandalarning chiqishlari bilan boshlandi.

Tadbirda Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ham ishtirok etdi va "Neftchi" klubi va jamoa muxlislari haqida o'zining samimiy fikr mulohazalarini bildirib o'tdi (Xayrullo Bozorovning tomonidan bildirilgan fikrlar to'liq xolda saytimizda e'lon qilinadi).

Shundan so'ng jamoaga yangi taklif etilgan futbolchilarning rasmiy tanishtiruv marosimi tashkil etildi. Quyida 2021 yilgi PRO-Liga musobaqalarida ishtirok etadigan "Neftchi" futbolchilarning to'liq ro'yhati keltirilgan:

Darvozabonlar: 1. Mashhurjon Muhammadjonov (Nasaf), 12. Shuhratillo Rahmonov, 45.Akbar To'raev (Surxon).

Himoyachilar: 18. Saydullo Rahmatov (AGMK), 22. Umar Adhamzoda (Neftchi), 18.Shavkat Mullajonov (So'g'diyona), 33.Tohirjon Shamsitdinov (Navbahor), 2.Akmal Shorahmedov (AGMK), 4. Shodiyor Hojimatov, 5.Darko Stanoevich (Loznica, Serbiya), 44. Darko Stanoevich (Surxon).

Yarim himoyachilar: 8.Islombek Karimov, 17.Abdulloh Olimov (Andijon), 7.Sobit Sindarov (Qo'qon-1912), 6.Xudoyshukur Sattorov (Metallurg), 21.A'zamjon Aliev (Surxon), 14.Sherzod Karimov (Surxon), 11.Izzatilla Abdullaev (Buxoro), 10.Sardor Abdunabiev (AGMK), 77.Jasurbek Abdulbekov (Bunyodkor), 71.Ruslan Roziev (Paxtakor).

Hujumchilar:
25.Sarvar Soliev, (Surxon), 91.Marko Obradovich (Oqjetpes), 9.Otabek Zokirov (Neftchi), 99.Ulug'bek Hoshimov (Paxtakor), 13.Abdul Aziz Yusupov (Lokomotiv).

Bekzod Tolibov tayyorladi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia